Yaxshi bir kunlik sayohat to'g'ri yig'inishdan boshlanadi. Mana qisqa ro'yxat.

Poyabzal: yaxshi izli trekking krossovkasi yoki botinka — eng muhimi shu. Kiyim: qatlamli kiying va shamoldan himoya qiluvchi kurtka oling, chunki cho'qqilarda yozda ham salqin. Suv: 1,5–2 litr va yengil gazak. Himoya: kepka, quyoshdan himoya kremi va ko'zoynak. Mayda narsalar: powerbank, yomg'irpo'sh, kichik dori qutisi va naqd pul.

Cho'milishli yo'nalishlar uchun (masalan, Badak ko'llari yoki Eshako'priksoy kanyoningi) cho'milish kiyimi, sochiq va zaxira poyabzal oling. Yig'ilish joyi va vaqti, masofa va ko'tarilish har bir sayohat tavsifida ko'rsatilgan — oldindan ko'rib, qiyinlik darajasiga qarab tayyorlaning.